O‘zbekiston | 08:15 / 28.04.2023
5646
1 daqiqa o‘qiladi

“Mening yo‘lim” loyihasining taklif kiritish bosqichi yakunlandi

“Mening yo‘lim” loyihasining taklif kiritish bosqichi yakunlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

27 aprel kuni soat 18:00 da “Ochiq budjet” axborot portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga taklif kiritish jarayoni yakunlangan.

Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika bo‘yicha 10 317 ta tashabbusli taklif ro‘yxatga olingan.

Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni bugundan boshlanib, 7 may kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi. 

“Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumini moliyalashtirish uchun budjetdan 312 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

Mavzuga oid