O‘zbekiston | 12:19 / 29.04.2023
14376
1 daqiqa o‘qiladi

Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi

Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lmish Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda "Davlat boshqaruvi" kanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Ilhom Qilichxonov Nurafshon shahri hokimi sifatida ish boshladi. 

Ilhom Qilichxonov tayinlovga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.

Avvalroq Kun.uz Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev ishdan olingani to‘g‘risida xabar bergandi.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, sobiq hokim ayni damda tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkin. Bunga sabab uning uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri lavozimida ishlab kelgan davri bilan bog‘liq ekani aytilmoqda. Bosh prokuratura bu haqda ma’lumotga ega emasligini bildirgan.

Muzaffar Soliyev 2017 yil 5 iyuldan 2021 yil yanvarigacha uy-joy kommunal xizmatlar vaziri lavozimida ishlagan. U Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishdan keyin ishdan olingan edi. 2021 yil 15 yanvarda esa Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga oid