O‘zbekiston | 08:00 / 30.04.2023
34795
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda referendum kuni: fuqarolar va amaldorlar saylov uchastkalarida

Soat 8:00 dan referendum uchastkalarida madhiya yangrab, saylovchilar o‘z tanlovlarini amalga oshirishga kirishdi.

O‘zbekistonda 30 aprel kuni soat 8:00 dan Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum boshlandi. Saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni soat 20:00 ga qadar davom etadi.

Respublika bo‘ylab jami 10,7 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochilgan. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga 19,7 mln fuqaro kiritilgan.

Uchastkalarda amaldagi Konstitutsiya va asosiy qonunning yangi tahriri loyihasi, shuningdek, taklif etilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha 100 savolga javob to‘plamlari tayyorlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning taklif etilayotgan yangi tahriridagi alohida bandlar bilan birga hujjat loyihasining to‘liq matni ham stendlarda ko‘rsatilgan.

Saylovchilar saylov byulletenida bitta savolga javob berishi kerak: «Siz «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?» Ikkita javobdan birini belgilash kerak bo‘ladi: «Ha» yoki «Yo‘q».

Saylov uchastkalarida ilk soatlardan fuqarolar faolligi kuzatilmoqda.

Senat raisi Tanzila Norboyeva referendumda ovoz bermoqda
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Fatvo markazi direktori, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Yakkasaroy tumanida joylashgan 576-saylov uchastkasida ovoz berdi

Navoiy viloyati

Navoiy viloyatida 70 mingdan ortiq saylovchi ovoz berib bo‘ldi. Soat 9:00 holatiga Navoiy viloyati bo‘yicha 71 455 nafar saylovchi saylov uchastkalariga kelib, o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalanishdi.

Viloyat bo‘yicha 411 ta referendum uchastkasi tashkil etilgan va ovoz beruvchilar soni 621 679 nafar. Shundan 18 225 nafari birinchi bor referendumda ishtirok etmoqda. 8241 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.

Jizzax viloyati

Jizzax viloyatida ham ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Fuqarolar erta tongdan ovoz berish jarayonida ishtirok etmoqda. Ular orasida keksalardan tortib yosh bolali ayol va erkaklarni ham ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, 4-Jizzax okrug hududidagi 1 ta shahar va 12 ta tumanda tashkil etilgan jami 522 ta referendum  uchastkalarida 785 494 nafar ovoz beruvchilar ro‘yxatga olingan.

Saylovda qatnashayotgan davlat amaldorlari

Davlat arboblari, hokimlar, vazirlar va boshqa mashhurlar o‘z ovozlarini berishmoqda.

Bosh vazir Abdulla Aripov referendumda ovoz berdi
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ham referendumda ishtirok etib, ovoz berdi
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov

Prezident administratsiyasi a’zolari

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ovoz bermoqda
Prezident administratsiyasi shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva
Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov ham referendumda ovoz berdi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov

Vazirlar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov referendumda oilaviy ishtirok etib, ovoz berdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov ham Andijon shahridagi 127-referendum uchastkasida ovoz berdi
Oliy ta’lim va innovatsiya vaziri Ibrohim Abdurahmonov
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov
Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov referendumda ishtirok etdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova referendumda ishtirok etib, ovoz berdi

Viloyatlar hokimlari 

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joylashgan 144-referendum uchastkasiga borib, birinchilar qatorida ovoz berdi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi 88-referendum uchastkasida ovoz berdi
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Guliston shahridagi 15-referendum uchastkasida ovoz berdi
Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov Qarshi shahridagi 4-referendum uchastkasida bo‘lib, fuqarolik huquqidan foydalandi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida joylashgan 260-referendum uchastkasida ovoz berdi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon shahridagi 30-umumta’lim maktabida joylashgan 51-referendum uchastkasida ovoz berdi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi 49-referendum uchastkasida ovoz berdi

 

Mavzuga oid