Aleksey Navalniy 16-marta jazo izolyatoriga yuborildi
Siyosatchining JIZOga bundan oldin joylashtirilgani haqida yaqinda - 11 may kuni xabar berilgan edi. Navalniy o‘tgan yoz o‘rtalaridan beri koloniyada.
Rossiyalik taniqli muxolifatchi, siyosatchi, Vladimir viloyati Melexovo qishlog‘idagi 6-sonli qattiq tartibli koloniyada («IK-6») jazo muddatini o‘tayotgan Aleksey Navalniy yana jazo izolyatoriga jo‘natildi, deb xabar berdi siyosatchining tarafdori Ivan Jdanov 22 may, dushanba kuni Twitter’dagi mikroblogida. «Navalniy yana 15 kunga JIZOga yuborildi. Bugun soat 9:30 da komissiya bo‘ldi. Hozircha boshqa tafsilotlar yo‘q», deb yozdi Jdanov.
Navalniy «IK-6»dagi jazo kamerasiga 16-marta jo‘natildi. Siyosatchi o‘tgan yozning o‘rtalaridan beri ushbu koloniyada saqlanmoqda. Ilgari Navalniyni JIZOga joylashtirish uchun «yoqadagi tugmani yechib qo‘yish» yoki «o‘z vaqtida yuvinmaslik» kabi sabablar ko‘rsatilgan.
Navalniy oxirgi marta 11 may kuni JIZOga joylashtirilgani haqida e’lon qilgan edi. «Mahkum Navalniy tarbiyaviy ishlar tartibiga amal qilmayapti va o‘zi uchun to‘g‘ri xulosa chiqarmayapti». Shu tariqa, mening jazo izolyatorim bo‘yicha ko‘rsatkich 165 sutkaga yetdi», deb yozgan edi u o‘sha paytda.
Yanvar oyida Berlinda, Rossiya elchixonasi binosi qarshisida Navalniy yuborilayotgan JIZO kamerasining nusxasi o‘rnatildi. Obektni muxolifatchining ukasi Oleg Navalniy va siyosatchining tarafdori Leonid Volkov taqdim etgan. O‘shanda Volkov JIZO kamerasining nusxasi boshqa Yevropa davlatlarida ham vaqtincha o‘rnatilishini aytgandi.
Mavzuga oid
12:34 / 11.12.2024
Navalniy va uning advokatlari koloniyada yashirin kamera bilan videoga olingan
21:37 / 12.11.2024
Portugaliyada Aleksey Navalniy memoriali ochildi. U Rossiya elchixonasi yaqinida joylashgan
11:05 / 10.11.2024
«Izolyatorlar to‘lib ketgan» – Oliy sud raisi sudyalar qat’iyatsizligining oqibatlari haqida
14:10 / 14.10.2024