O‘zbekiston | 10:36 / 22.05.2023
13253
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bankning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Oybek Xo‘jaqulov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1984 yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. 2006 yil Termiz davlat universiteti, 2011 yil O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – moliya, bank ishi.

O.Xo‘jaqulov mehnat faoliyati davomida bank tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar 2021 yildan Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

 

Mavzuga oid