Jahon | 11:41 / 26.05.2023
10965
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Kiyevga yangi tungi hujumlar haqida xabar berdi

Bugun tunda, may oyining boshidan beri sodir bo‘lgan 13-tungi hujum paytida Kiyev Kaspiy dengizi mintaqasidan Tu-95MS strategik bombardimonchi samolyotlarining X-101/555 qanotli raketalari bilan hujumga uchradi, deb xabar berdi Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko. 

Foto: DW

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyev havo hududidagi barcha dushman nishonlari havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan aniqlangan va urib tushirilgan.

Bundan oldin Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Berdyanskda kuchli portlashlar sodir bo‘lgandi. 

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Rossiyaning bir nechta S-300 zenit-raketa komplekslari yo‘q qilingan. 

«Ukraina Qurolli kuchlarining o‘ta aniq ishi tufayli bosqinchilar S-300 qurilmalarini yo‘qotdi», — deb xabar berdi Berdyansk shahar harbiy ma’muriyati.

Rossiya tomonidan tayinlangan «hokimiyat» va Rossiya davlat matbuoti shahar chekkasida portlashlar sodir bo‘lganini tasdiqlamoqda.

Mavzuga oid