O‘zbekiston | 23:10 / 01.06.2023
20872
1 daqiqa o‘qiladi

Allamjonov ta’lim sohasidagi tayinlovlarga ijobiy munosabat bildirdi 

Komil Allamjonov Vohid Hamidovning Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlanganini olqishladi. 

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga rahbar va o‘rinbosarlar tayinlanishiga ijobiy munosabat bildirdi. 

Avvalroq, Vohid Hamidov Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlangan edi. 

«Vohid Sobirovich hamda Yuliya Vasilevna bilan uzoq yillar hamkorlikda ishlaganmiz, ko‘p loyihalarni birgalikda amalga oshirganmiz. Men ularni ta’lim sohasining zamonaviy va ilg‘or mutaxassislari sifatida yaxshi bilaman. Ushbu tayinlov mamlakatimiz ta’lim tizimi rivoji yo‘lida muhim qadam bo‘ladi, deb umid qilaman», deb yozdi u. 

Shuningdek, Allamjonov prezident maslahatchisi Odil Abdurahmonov bilan birgalikda markaz oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar, ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham kelishib olganini ma’lum qildi. 

Mavzuga oid