O‘zbekiston | 09:24 / 06.06.2023
8562
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda stomatologiya klinikasidan 118 mln so‘mlik tish implantlari o‘g‘irlandi

Toshkent shahrida stomatologiya klinikasidan o‘g‘rilik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: iStock

Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, noma’lum shaxs stomatologiya klinikasiga eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirgan. 

Shundan so‘ng, u 40 yoshli fuqaroga tegishli bo‘lgan jami 5080 AQSh dollari va 118 200 000 so‘mlik turli xildagi stomatologik asboblar hamda tish implantlarini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 27 yoshli shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid