Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 15 000 so‘m etib belgilangan.
Poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga («Chorvoq» erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, avtobuslar «Mashinasozlar metro bekati – Chorvoq» yo‘nalishida har kuni uchta grafik asosida harakatlanadi. Qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.
Avtobuslar Mashinasozlar metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 harakatlanadi.
Qatnovlar «Yutong» korxonasining avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 15 000 so‘m etib belgilangan.
Mavzuga oid
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
16:25 / 20.12.2024
Chorvoqda bir oilaning uch a’zosi gazdan zaharlanib vafot etdi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024