O‘zbekiston | 14:15 / 09.06.2023
38574
2 daqiqa o‘qiladi

Urgutda YTH oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Cobalt qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib «Kamaz»ga urilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2023 yil 8 iyun kuni soat 19:30 larda Urgut tumani Omonqo‘ton mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1121-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Samarqand viloyati IIB xabariga ko‘ra, haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinani Urgut-Qarshi yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan «Kamaz» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, Cobalt haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. «Kamaz» haydovchisi Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Mazkur holat yuzasidan 8 iyun kuni tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan (odamlar o‘limi; halokat; boshqa og‘ir oqibatlar) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Mavzuga oid