O‘zbekiston | 09:53 / 10.06.2023
10340
2 daqiqa o‘qiladi

Bug‘doyni xarid qilish va sotish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “2023 yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock

2023 yilda sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan, jami 2 mln 565 ming tonna bug‘doy, jumladan:

1 mln 283 ming tonna tovar bug‘doy davlat resursi sifatida hamda 240 ming 450 tonna urug‘lik bug‘doy Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi;

1 mln 41,55 ming tonna tovar bug‘doy bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolari orqali sotish uchun Jamg‘armaning tijorat vakilida vaqtincha saqlashga qabul qilinadi.

“O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar va bug‘doyni saqlash quvvatiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar Jamg‘arma nomidan bug‘doy yetishtiruvchilardan tovar bug‘doyni sotib olish, qabul qilish va saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklab jo‘natish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat vakili hisoblanadi.

Hujjat bilan davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bug‘doy uchun to‘lovni o‘rnatish mexanizmlari belgilandi.

Shuningdek, quyidagi qoidalarni belgilaydigan Ichki bozorda bug‘doy narxi barqarorligini saqlash uchun bug‘doyni xarid qilish va birja savdolari orqali sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

  • Jamg‘armaning tijorat vakilini tanlab olish;
  • Jamg‘arma bilan tijorat vakili o‘rtasidagi munosabatlar;
  • bug‘doy yetishtiruvchilardan bug‘doyni xarid qilish;
  • davlat resursi sifatida xarid qilingan bug‘doyni tijorat vakili tomonidan saqlash;
  • bug‘doyni birja savdolarida sotish.

Mavzuga oid