O‘zbekiston | 16:17 / 14.06.2023
46650
1 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors treyleri YTHga uchrab, ikki haydovchi vafot etdi

Buxoro-Urganch avtotrassasida UzAuto Motors treyleri ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Foto: UzAuto Motors matbuot xizmati

Buxoro va Urganch shaharlari oralig‘idagi avtomobil yo‘lida UzAuto Motors treyleri YTHga uchrab, ikki haydovchisi vafot etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 14 iyun kuni soat 11:40 da ro‘y bergan. UzAuto Motors avtoparkiga tegishli treyler yuk mashinasiga borib urilgan. YTH oqibatida avtovoz kabinasi shikastlangani sababli ikki haydovchi ham olingan og‘ir jarohatlar natijasida vafot etgan.

«Ayni paytda ushbu hodisa tegishli xizmatlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, hodisa sabablari aniqlanmoqda. Avtohalokat haqida batafsil ma’lumot tergov-tezkor tadbirlari yakunlariga ko‘ra beriladi», deyilgan xabarda.

Mavzuga oid