WSJ: MRB Kiyevni "Shimoliy oqim"ga hujum qilmaslik haqida ogohlantirgan
Markaziy razvedka boshqarmasi Niderlandiya razvedka xizmatidan ma’lumot olgach, Kiyevni "Shimoliy oqim" gaz quvurlariga hujum qilmaslik haqida ogohlantirdi, deb yozadi The Wall Street Journal. Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi portlashlarga aloqadorligini rad etdi.
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) Niderlandiya Harbiy razvedka va xavfsizlik xizmatidan ma’lumot olgach, Ukraina hukumatini 2022 yil iyun oyida “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlariga hujumlar bo‘yicha ogohlantirdi. Bu haqda 13 iyun, seshanba kuni The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, Niderlandiya rasmiylari Markaziy razvedka boshqarmasiga Ukrainaning qo‘poruvchilik guruhi Boltiqbo‘yi qirg‘og‘ida yaxta ijaraga olmoqchi ekani va g‘avvoslar guruhi yordamida to‘rtta gaz quvuri yoniga portlovchi moddalar o‘rnatmoqchi bo‘lganini aytgan.
Shu bilan birga, WSJ Markaziy razvedka boshqarmasi rasmiylarida Ukrainaning Boltiq dengizi katta chuqurliklarida portlovchi moddalarni joylashtirishni talab qiladigan bunday hujumni amalga oshirish imkoniyati bor-yo‘qligi haqida savollari borligini tan oladi.
O‘z navbatida, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi ("GUR") vakili Andrey Chernyak The Wall Street Journal gazetasiga bergan izohida Kiyevning gaz quvurlariga hujumga aloqadorligini rad etdi.
2022 yil sentabr oyi oxirida “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlarining to‘rt tarmog‘idan uchtasi shikastlangan. Shvetsiya, Daniya va Germaniya tomonidan olib borilgan tekshiruvlar gaz quvurlari portlatilganini ko‘rsatdi, biroq aybdorlar hozircha aniqlanmagan. Ukraina rasmiylari avvalroq Kiyevning portlashlarga aloqadorligini bir necha bor rad etgan.
Mavzuga oid
13:14 / 25.12.2024
El Pais: Kiyev YeIdan ukrainalik qochqinlarga to‘lovlarni qisqartirishni so‘ramoqda
08:08 / 25.12.2024
Kiyev RFning muzlatilgan aktivlaridan milliard dollar oldi
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
14:32 / 20.12.2024