Bill Geyts 4 yil ichida birinchi marta Xitoyga tashrif buyurdi
Microsoft asoschisi Bill Geyts o‘zining Gates Foundation fondi ishtirokida yangi xayriya dasturlarini muhokama qilish uchun 2019 yildan beri birinchi marta Xitoyga keldi. Bu haqda u Twitter’da ma’lum qildi.
«Men Pekinga 2019 yildan beri birinchi marta qo‘ndim, u yerda 15 yildan buyon Gates Foundation jamg‘armasi bilan global sog‘liqni saqlash muammolarini bartaraf etishda hamkorlik qilayotganlar bilan birga ekanimdan xursandman», — dedi amerikalik milliarder.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xayriya faoliyati bo‘yicha hamkasblari bolalar o‘limi va qashshoqlikka qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishgan. «Ammo global inqirozlar bizni maqsadlarimizga erishish yo‘lidan ortga qaytardi», deb qo‘shimcha qildi tadbirkor.
Geytsning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, tibbiy yordam va oziq-ovqatdan foydalanishni ta’minlashda katta tajribaga ega. «Bu taraqqiyotning barchasi butun dunyo bo‘ylab odamlarning eng keng doirasiga ochiq bo‘lishi kerak», dedi u.
Shu bilan birga, Geytsning o‘zi hozirgi inqirozlar tufayli Afrika mamlakatlari aholisi eng zaif ekanligini ta’kidladi. U Xitoyga tashrifidan so‘ng G‘arbiy Afrikaga bormoqchi.
Mavzuga oid
17:07
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25 / 23.12.2024