Namanganda sof quyma oltin sotayotgan shaxslar ushlandi
Davlatobod tumanida sof quyma oltin sotayotgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, Davlatobod tumanida yashovchi B.S. va N.K. 3 dona oltinga o‘xshash sariq rangli quyma metallni fuqaro E.A.ga 20 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 3 dona sariq rangli metall umumiy vazni 298,43 gramm bo‘lgan “992” probali sof oltin ekanligi qayd etilib, 222,8 mln so‘mga baholangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024