Jamiyat | 16:22 / 21.06.2023
18449
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda poyezd «Jiguli»ni urib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Foto: Telegram / iivtransport

Joriy yilning 21 iyun kuni soat 08:10 larda 6376-sonli Termiz-Sariosiyo shaharlararo yo‘lovchi poyezdi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabariga ko‘ra, poyezd Qumqo‘rg‘on-Elbayan temiryo‘l bekatlari oralig‘ida ketayotgan vaqtida, ushbu bekatlarning 4538-kilometri 10-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan kesishmasidan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan “VAZ-2107” avtomashinasida o‘tayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda, mashinani poyezd urib yuborgan. 

Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Yo‘lovchi poyezdi soat 08:12 da to‘xtab, soat 08:50 da o‘z harakatini davom ettirgan.  

Mavzuga oid