Parijdagi qotillik ortidan Fransiya ko‘chalari olov ichida qoldi. Fotosuratlar
Parij chekkasidagi Nanterre rayonida kelib chiqishiga ko‘ra fransuz-jazoir bo‘lgan 17 yoshli o‘smir politsiyachi tomonidan o‘ldirilganidan keyin boshlangan tartibsizliklar butun Fransiya bo‘ylab tarqaldi. Namoyishchilar mashinalar va hukumat binolariga o‘t qo‘yishmoqda, shuningdek politsiyachilar bilan to‘qnashuvga kirishmoqda. 28 iyunga o‘tar kechasi 31 kishi, keyingi kun tunda — yana kamida 150 kishi qo‘lga olingan. Namoyishlarning uchinchi tuniga kelib qo‘lga olinganlar soni 255 nafarga yetdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tartibsizliklari ishtirokchilarining tomonidan qilinayotgan zo‘ravonliklarni «tushunarsiz va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan» harakat deb atadi. Shu bilan bir vaqtda, u politsiyachi tomonidan sodir etilgan qotillikni «kechirilmas» deb atadi. O‘smirga o‘q uzgan politsiyachi hibsga olingan.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
00:01 / 08.12.2024
Zelenskiy Parijda Tramp va Makron bilan uchrashdi
16:09 / 30.11.2024