O‘zbekiston | 08:07 / 04.07.2023
5399
1 daqiqa o‘qiladi
Prezident saylovida 376 mingdan ortiq kishi muddatidan oldin ovoz berdi
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi axborotni e’lon qildi.
MSK ma’lumotiga ko‘ra, 1 iyul holatida jami 376 623 nafar saylovchilar mamlakatda va xorijda muddatidan oldin ovoz berish huquqlaridan foydalandi.
Shundan mamlakat hududida 275 592 nafar va xorijda 101 031 nafar saylovchi ovoz berdi.
Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni joriy yil 5 iyulga qadar davom etadi.
O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
Mavzuga oid
17:34 / 15.12.2024
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan vaqtincha chetlatildi
22:08 / 04.12.2024
Namibiyada birinchi marta ayol kishi prezident etib saylandi
10:19 / 03.12.2024
Ruminiyada prezidentlik saylovlari birinchi turi natijalari tasdiqlandi
15:11 / 02.12.2024