O‘zbekiston | 08:08 / 11.07.2023
6757
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Bo‘zsuv kanalida cho‘kayotgan fuqaro qutqarib qolindi

FVV qutqaruvchilari fuqaroni kanaldan olib chiqib, hayotini saqlab qolgan. 

Foto: FVV

Kecha, 10 iyul kuni soat 14:51 da Toshkent shahar FVB Tezkor boshqaruv markazi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 101 qisqa raqamiga xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, unda Yunusobod tumani, THAY ko‘chasi «Orzu» kafesi oldidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida fuqaro cho‘kib ketayotgani ma’lum qilingan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilib, cho‘milish maqsadida suvga tushgan va o‘z ehtiyotsizligi natijasida xavfsizligini ta’minlay olmay cho‘kayotgan bo‘lgan. 

FVV qutqaruvchilari fuqaroni kanaldan olib chiqib, hayotini saqlab qolgan. Shundan so‘ng psixologik yordam ko‘rsatilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.

Mavzuga oid