Samolyotda uchish tavsiya etilmaydigan yo‘lovchilar e’lon qildi
Aviakompaniyalar og‘ir ahvoldagi yoki parvoz chog‘ida sog‘lig‘i yomonlashishi mumkin bo‘lgan ba’zi yo‘lovchilarni samolyotga chiqarishdan bosh tortish huquqiga ega.
Samolyotda uchish barchaning ham salomatlik ko‘rsatkichlari mos kelavermaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) salomatligi tufayli havo layneri bortiga chiqishi tavsiya etilmaydigan yo‘lovchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
«Aviakompaniyalar og‘ir ahvoldagi yoki parvoz chog‘ida sog‘lig‘i yomonlashishi mumkin bo‘lgan ba’zi yo‘lovchilarni samolyotga chiqarishdan bosh tortish huquqiga ega», deyiladi JSST hujjatida.
Ular quyidagilar:
- tug‘ilganiga 48 soat to‘lmagan (yoki muddatidan avval dunyoga kelgan) chaqaloqlar;
- homiladorlikning 36-haftasi yoki undan ortiq davrida bo‘lgan ayollar (ko‘p homiladorlik uchun bu ko‘rsatkich 32 haftaga teng);
- stenokardiya va ko‘krak qafasidagi og‘riq, yuqumli kasalliklar, yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga chalinganlar;
- yaqinda infarkt yoki insultni boshdan kechirganlar;
- tanada havo yoki gaz to‘planishi mumkin bo‘lgan jarohatlari bor va yaqinda oshqozon, ichak, ko‘z, yuz yoki bosh miya operatsiyalarini o‘tkazganlar;
- nafas olish tizimi bilan bog‘liq o‘tkir va uzoq muddatli xastaliklardan aziyat chekuvchilar;
- pnevmoniya tashxisi qo‘yilganlar;
- tinch holatda nafas qisishi xuruj qiluvchilar;
- o‘roqsimon hujayrali anemiyaga chalinganlar;
- pnevmotoraks (o‘pka teshilishi) aniqlanganlar;
- quloq infeksiyasi bor bemorlar;
- dekompressiya kasalligi bilan og‘riganlar;
- bosh miyada bosim oshishidan (qon ketishi, jarohatlar yoki infeksiya tufayli) qiynaladigan kishilar.
Ekspertlarning qo‘shimcha qilishicha, bu ro‘yxat turli aviakompaniyalar talablari asosida biroz farqlanishi ham mumkin.
Mavzuga oid
18:07 / 22.12.2024
FT: AQSh Tramp prezidentligining birinchi kunida JSSTdan chiqishini e’lon qilishi mumkin
13:42 / 02.12.2024
Dunyoda 800 milliondan ortiq odam diabetdan azob chekadi - tadqiqot
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024