O‘zbekiston | 12:21 / 22.07.2023
16665
2 daqiqa o‘qiladi

Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Guliston tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, deputatlar tomonidan O‘lmas Mamadaminov nomzodi Guliston tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

U.Mamadaminov 1976 yilda Oqoltin tumanida tug‘ilgan. U mazkur tayinlovga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 11 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.

Unda Amudaryo (Sultonboy Yo‘ldoshev), Qo‘rg‘ontepa (Elyorbek Nabijonov), Buxoro (Xayrullo Jo‘rayev), Mirishkor (Sherali Sanayev), Chiroqchi (Nodir Erkayev), Xatirchi (Sayfiddin Nizomov), Payariq (Zafar Ergashev), Oqoltin (Dilmurod Fozilov), Guliston (Saydimqul Begimqulov), Oqqo‘rg‘on (Alisher Karimjonov) tumanlari, Navoiy (Muratxan Egamqulov) va Yangiyo‘l (Farhod Mirzayev) shaharlarida investitsiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi. Prezident ushbu tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq bergan.

Mavzuga oid