O‘zbekiston | 11:14 / 29.07.2023
4109
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston olti oyda 24 mln dollarlik choy import qildi

O‘zbekiston 23 ta davlatdan choy import qilgan.

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-iyun oylarida 23 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 24,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 17,1 ming tonna choy import qilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, choy importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 13,5 ming tonna.

Keyingi o‘rinlardan 1 ming tonna choy olib kelingan Keniya va 973 tonna choy import qilingan Eron joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Hindiston – 387 tonna;
  • Qozog‘iston – 265 tonna;
  • Rossiya – 219 tonna;
  • Shri-Lanka – 212 tonna;
  • Indoneziya – 204 tonna;
  • BAA – 181 tonna;
  • Pokiston – 87 tonna.

2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 4,2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Keyingi o‘rinlardan 3,1 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 1,5 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.

Mavzuga oid