Bosh prokurorga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Samarqand viloyati prokurori bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga o‘tdi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan bosh prokurorga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Adliya katta maslahatchisi, Samarqand viloyati prokurori Jahongir Jo‘rayevich Hotamov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Jahongir Hotamov 2016-2017 yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2018 yil fevralidan 2020 yil oktyabriga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
2020-2022 yillarda Namangan viloyati prokurori lavozimida faoliyat olib borgan. 2022 yil fevralida Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi.
Shuningdek, adliya katta maslahatchisi Sherzod Jalolovich To‘xtaboyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Sherzod To‘xtaboyev bunga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
- Bundan oldinroq, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlangani xabar qilingandi, xususan, Samarqand viloyatida Hotamov o‘rniga Murodqosim Eshnazarov ish boshlagan.
Mavzuga oid
15:06
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:49 / 16.12.2024
Kun.uz tanqididan so‘ng: Yangiyo‘l sudyasining shubhali hukmiga prokuratura protest kiritdi
18:14 / 11.12.2024