O‘zbekiston | 08:12 / 09.08.2023
17119
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda Malibu-2 urib yuborgan piyoda vafot etdi
Yakkasaroy tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 8 avgust kuni soat 23:50 larda Yakkasaroy tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasi 1-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan Sh.G‘. Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda, 1949 yilda tug‘ilgan M.H.ni urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
- Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekistonda 9902 ta YTH ro‘y bergan. Barcha hodisalarning katta qismi – 44,9 foizi – piyodalarni urib ketish bilan bog‘liq. Yo‘l-transport hodisalari oqibatida jami 2356 kishi halok bo‘lgan.