Jahon | 19:02 / 10.08.2023
11849
2 daqiqa o‘qiladi

JSST koronavirusning yangi «Eris» turi haqida xabar berdi 

U omikronning kichik turi hisoblanadi va «Kraken»ga nisbatan faol tarqalmoqda. 

Foto: Tanya C Smith/Alamy

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronaviruslar orasiga EG.5 turini qo‘shdi va uni «Eris» deb nomladi. U omikronning kichik turi (XBB.1.9.2) bo‘lib, dunyo bo‘ylab faol tarqalmoqda. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virusning birinchi namunalari 2023 yil 17 fevralda aniqlangan. So‘nggi paytlarda EG.5 variantini aniqlash chastotasi 6,2 foizdan 11,6 foizgacha ko‘tarilgan. 

Qayd qilinishicha, yangi variantning tarqalish tezligi oldingi «Kraken» va «Arktur» variantlaridan sezilarli darajada yuqori. «Eris» allaqachon 51 ta mamlakatda aniqlangan. 

JSST ta’kidlashicha, bu variant yanada tezroq tarqalayotgan va immunitetni samarali chetlab o‘tayotgan bo‘lsa-da, kasallik og‘ir kechmaydi. Bu borada o‘zgarish yo‘q. 

Alomatlar oldingi variantlar bilan bir xil: yo‘tal, tumov, isitma, tomoq og‘rig‘i va ko‘krak qafasidagi siqilish. Immunitet tizimi zaif bo‘lgan odamlarda va xavf guruhlariga mansub bo‘lganlarda kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, «Eris» ilgari orttirilgan immunitetni boshqa variantlariga qaraganda yaxshiroq chetlab o‘tishga qodir. 

Mavzuga oid