O‘zbekiston | 08:02 / 11.08.2023
3447
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «Xavfli yuk» axborot tizimi ishga tushdi

O‘zbekiston hududidan tranzit o‘tuvchi xavfli toifaga kiritilgan yuklarga ruxsatnoma berish jarayoni raqamlashtirildi.

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, vazirlik tomonidan «Xavfli yuk» axborot tizimi ishlab chiqildi.

Natijada xavfli yuklarni tranzit tashish uchun ruxsatnomalarni berish an’anaviy ko‘rinishdan elektron shaklga o‘tkazildi. Endilikda tegishli ruxsatnoma talabgorlari mazkur axborot tizimi orqali ariza yuborishlari mumkin.

Tizim orqali arizachi murojaat yo‘llagandan so‘ng, qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ariza ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar asosida ruxsatnoma tizim tomonidan taqdim etiladi. Taqdim etilgan ruxsatnoma blankasini tizim orqali onlayn yuklab olish mumkin.

Mazkur «Xavfli yuk» axborot tizimi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Mavzuga oid