O‘zbekiston va AQSh parlamentlararo munosabatlari muhokama qilindi
Senati raisi Tanzila Norboyeva AQSh Kongressi Senati a’zosi, senator-demokrat Gari Pitersni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-AQSh hamkorligining keng doirasi xususan, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, mehnat munosabatlari, gender tengligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Ta’kidlanishicha, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda parlamentlararo muloqot muhim o‘rin tutadi. Shu bois uchrashuvda Oliy Majlis parlamentlararo guruhining AQSh Kongressi bilan hamkorlik bo‘yicha muloqoti hamda AQSh Kongressidagi “O‘zbekiston bo‘yicha kokus” faoliyati siyosiy va iqtisodiy sohalarda o‘zaro munosabatlarni tizimli rivojlantirishning samarali mexanizmiga aylangani e’tirof etilgan.
Suhbat davomida iqtisodiy hamkorlik masalalariga ham e’tibor qaratilgan. Ikki tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashga tarkibiga 38 ta yetakchi kompaniya kiradigan Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi salmoqli hissa qo‘shayotgani, 2023 yilning yanvar-iyul oylarida tovar ayirboshlash hajmi 321,5 million dollarni tashkil etgani ta’kidlangan. Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashilgan.
Shuningdek, mehnat munosabatlari yo‘nalishidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, bunda munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat sohasiga xalqaro standartlarni joriy etish kabi masalalarda doimiy maslahatlashuvlarni olib borishga kelishib olingan.
Bundan tashqari, “Markaziy Osiyo – AQSh” C5+1 formati doirasida kelgusi yilda Amerika tomoni (YuSAID) bilan tadbirkor ayollarning C5+1 formatida o‘tadigan Xalqaro forumi, unda tadbirkor ayollarning faol ishtiroki masalalari ham muhokama qilingan.
Tomonlar inson huquqlarini ta’minlash, e’tiqod va so‘z erkinligi borasida ham fikr almashgan.
Mavzuga oid
23:49 / 20.12.2024
O‘zbekistonning migratsiya siyosatini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti ham ishtirok etadi
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
17:03 / 25.11.2024
O‘zbekistonda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlariga start berildi
16:33 / 25.11.2024