Jamiyat | 06:51 / 27.08.2023
24934
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida zilzila qayd etildi

O‘zbekistonda qatorasiga ikkinchi kun zilzila kuzatildi.

Andijon viloyatida 27 avgust kuni soat 03:11 da zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Episentri Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida bo‘lgan yer silkinishi magnitudasi 4 ball, chuqurligi 15 kilometr bo‘lgan.

Uning sezilish kuchi:

  • Jalaquduq tumanida 3 ball,
  • Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Andijon tumanlarida 2-3 ball,
  • Buloqboshi, Xonobod tumanlari va Andijon shahrida 2 ballni tashkil etdi.

26 avgust kuni tongda ham Jizzax viloyatida 3,6 magnitudali zilzila qayd etilgandi.

Mavzuga oid