Toshkent viloyatida 3 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi
Angrenda Shacman yuk mashinasi Cobalt avtomobili hamda Volkswagen, Man yuk mashinalari bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH oqibatida ikki haydovchi va bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.
27 avgust kuni soat 03:30 atrofida Toshkent viloyati Angren shahrida yuk mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shahar hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 183-kilometrida Shacman rusumli yuk avtotransport haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanayotgan Cobalt va Volkswagen Crafter rusumli yuk avtomashinalari bilan to‘qnashgan.
Shundan so‘ng Shacman yo‘l chetida harakatsiz turgan Man rusumli yuk avtomobiliga urilib to‘xtagan.
YTH oqibatida 2 nafar haydovchi va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Angren shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:19
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
08:12
Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
23:07 / 21.12.2024
Toshkent viloyatida chiqindi poligonlari xizmat narxi oshiriladi
19:07 / 18.12.2024