O‘zbekiston | 14:54 / 06.09.2023
28585
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda yuk mashinasi teplovoz bilan to‘qnashdi. Haydovchi vafot etgan

Hodisa 5 sentabr kuni ertalab Olot tumanida, qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan.

Foto: Videodan skrinshot

Holat yuzasidan “Buxoro mintaqaviy temiryo‘l uzeli” UK rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5 sentabr kuni soat 8:35lar atrofida Olot-Qorako‘l temiryo‘l bekatlari oralig‘i 4044 kilometr 1-piketda joylashgan qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida Sh.Sh. boshqaruvidagi lokomotiv J.A. boshqaruvidagi “HOWO” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvga yuk mashinasi haydovchisining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Tegishli rahbarlar va soha mutaxassislari voqea joyida o‘rganish olib borgan. O‘rganish natijasida qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida tegishli yo‘riqnomaga asosan temiryo‘lga taalluqli bo‘lgan barcha qurilma va jihozlar o‘rnatilgani hamda soz holatda ishlab turgani aniqlangan.

Oldinroq Surxondaryoda poyezd “Jiguli”ni urib ketgandi.

Mavzuga oid