Abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda
Davlat qabul komissiyasi qarori bilan superkontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.
2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga:
talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;
ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati beriladi.
Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.
Mavzuga oid
20:42 / 21.12.2024
Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi
07:28 / 07.09.2024
Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi
11:20 / 29.07.2024
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi
10:29 / 25.05.2024