Mamanbiy Omarov transport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Mamanbiy Omarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston transport vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 12 sentabrdagi qarori bilan Mamanbiy Omarov O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshladi.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Mamanbiy Omarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Undan avval u O‘zbekiston Transport vazirligining Xalqaro aloqalar, logistika va eksportni rag‘batlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Joriy yilning iyul oyi boshlarida transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov lavozimidan ozod etildi. 2021 yil martida transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
16:10 / 21.12.2024
Londonda O‘zbekiston transport tizimini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi
10:31 / 20.12.2024
Belgradda jamoat transporti bepul bo‘ladi
10:24 / 12.12.2024
Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklandi
12:50 / 29.11.2024