O‘zbekiston | 18:50 / 23.09.2023
7145
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ish boshlagan «til egalari» taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Toshkentdagi maktablarda fransiyalik Ravey Anne-Lise, misrlik Mahmud Muhammad Hilmiy va myanmalik Tular Siram ish boshladi.

Foto: Videodan kadr

O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish maqsadida chet eldan «til egalari» bo‘lgan mutaxassislar taklif etilgan. Ulardan bir necha nafari allaqachon ish boshlagan.

Loyiha doirasida Toshkentdagi maktablarda dars berayotgan fransiyalik Ravey Anne-Lise, misrlik Mahmud Muhammad Hilmiy va myanmalik Tular Siram o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Yagona maqsadim — o‘zbek o‘quvchilarining ingliz tilida o‘z ona tilidagidek yaxshi gaplasha olishiga erishish», dedi Bektemir tumanidagi 337-maktabda dars berayotgan Mahmud Hilmiy.

«O‘quvchilarimning o‘qitish jarayonlariga faolroq qatnashishini ta’minlashga harakat qilaman», dedi Yunusobod tumanidagi 5-maktabda dars berayotgan Tular Siram.

«Mazkur ta’lim maskanidagi quvnoq pedagogik jamoada ishlash menda katta taassurot qoldirdi», dedi Yunusobod tumanidagi 51-maktabda ishlayotgan Ravey Anne-Lise.

«Til egalari»ni ta’lim jarayoniga jalb qilish O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan davlat strategiyasida belgilab qo‘yilgan. Unga muvofiq, ta’lim tashkilotlariga har yili 500 nafar «til egalari» bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish nazarda tutilgan.

Mavzuga oid