O‘zbekiston | 17:42 / 27.09.2023
30336
1 daqiqa o‘qiladi

Farhod Mannopovning vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga oshirildi

Bloger Farhod Mannopov (Mittivine) vafot etgani bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi. Tergov organi 2 kishiga nisbatan ayblov e’lon qildi.

Farhod Mannopov

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 116- (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 117- (Xavf ostida qoldirish) moddalari bilan ayb e’lon qilingan.

Taniqli bloger Farhod Mannopov 2023 yil 5 martga o‘tar kechasi 27 yoshida Star Med klinikasida vafot etgandi. Shundan keyin unda burun operatsiyasini amalga oshirgan Star Med klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgandi. Iyul oyiga kelib, shifoxonaning litsenziyasi sud tomonidan bekor qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Star Med klinikasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatgan anesteziolog va reanimatolog, plastik jarroh, laborant shifokor hamda ultratovush tekshiruvlari shifokorida malakaviy toifa bo‘lmagan.

Mavzuga oid