Sergelida 26 ta ko‘p qavatli uydagi kvartiralar shikastlangan
Portlash natijasida Sergeli tumanidagi 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, bitta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgan.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning Sergeli tumanida yuz bergan favqulodda holat sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan dastlabki axboroti e’lon qilindi.
«Toshkent shahri Sergeli tumanida yuz bergan favqulodda holatdan jabrlangan aholining muammolarini tezkor bartaraf etish maqsadida 1205 qisqa raqamli Ishonch telefoni tashkil etildi.
Hududdagi 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgani aniqlandi.
Shuningdek, hududdagi 24 ta ko‘p qavatli uy va 25 ta hovlining fasad, oyna-rom va tom qismi zarar ko‘rgan.
Qisqa muddatda turar joylar tiklanadi», deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
19:58 / 19.12.2024