O‘zbekiston | 07:42 / 29.09.2023
10040
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh bolalar mehnatining eng yomon shakllari bo‘yicha hisobotini e’lon qildi

Bu yil 131 davlat ichida O‘zbekiston Argentina, Kolumbiya va Kot-d’Ivuar bilan birgalikda «sezilarli taraqqiyot» maqomiga sazovor bo‘lgan 4 davlat qatoridan joy oldi. 

Foto: Dunyo

26 sentabr kuni AQSh Mehnat vazirligi bolalar mehnatining eng yomon shakllari bo‘yicha hisobotini (TDA Report) e’lon qildi.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, unda davlat tomonidan bolalar mehnatining eng yomon shakllarini bartaraf etish qaratilgan sa’y-harakatlar samaradorligi bo‘yicha O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi yil «sezilarli taraqqiyot»ning eng yaxshi toifasiga kirdi.

2011 yilda O‘zbekiston «davlat tomonidan bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha hech qanday mazmunli sa’y-harakatlarni amalga oshirmagani» uchun 4-toifaga kiritilgan edi. 2018 yilda AQSh Mehnat departamenti qarori bilan O‘zbekiston darhol «o‘rtacha» taraqqiyot bilan 2-toifaga, 2022 yilda esa «sezilarli taraqqiyot» toifasiga o‘tkazildi.

Oxirgi hisobotga ko‘ra, bu yil 131 davlat ichida O‘zbekiston Argentina, Kolumbiya va Kot-d’Ivuar bilan birgalikda «sezilarli taraqqiyot» maqomiga sazovor bo‘lgan 4 davlat qatoridan joy oldi. 

Baholashda bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlovchi qonunlar va me’yoriy hujjatlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish va bunday huquqbuzarliklarni tekshirishning huquqni muhofaza qilish hamda institutsional mexanizmlari, bolalarning mehnatga jalb etilishining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy dasturlarning amalga oshirilishi, shuningdek, bolalar mehnatining eng yomon shakllari va bu boradagi davlat siyosatining samaradorligi hisobga olingan.

Mavzuga oid