Armaniston Ozarboyjon ustidan BMT sudiga da’vo arizasi berdi
Yerevan suddan Bokuning «Tog‘li Qorabog‘dagi armanlarni siqib chiqarishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan voz kechish» majburiyatini tasdiqlashni talab qilmoqda.
28 sentabr kuni Armaniston Tog‘li Qorabog‘ning arman aholisiga nisbatan irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya buzilganligi haqidagi da’vo bilan bog‘liq holda Ozarboyjonga qarshi BMT Xalqaro sudiga da’vo arizasi kiritdi.
Yerevan BMT sudidan Bokuning «Tog‘li Qorabog‘dagi armanlarni siqib chiqarishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan voz kechish» majburiyatini tasdiqlashni talab qilmoqda.
Da’vo mualliflari Ozarboyjon Diskriminatsiyaga qarshi xalqaro konvensiya bo‘yicha «o‘z majburiyatlarini buzishga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday choralardan o‘zini tiyishi» kerakligini ta’kidlaydilar. Xususan, gap Tog‘li Qorabog‘dan aholining erkin chiqib ketishini, BMT va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi xodimlarining mintaqadagi arman aholisi oldiga kirishini ta’minlash, kommunal tizimni tiklash va fuqarolik holatini tan olish haqida bormoqda.
Yerevan Boku tomonidan «Tog‘li Qorabog‘ning amaldagi yoki sobiq siyosiy vakillari yoki harbiy xizmatchilariga nisbatan jazo choralarini qo‘llashdan o‘zini tiyishini», kutmoqda. Bundan tashqari, Armaniston tomoni da’vo matniga 19 sentabrdan keyin Ozarboyjon harbiylari va huquq-tartibot organlari xodimlarini ular tomonidan bosib olingan hududdagi fuqarolik obektlaridan olib chiqib ketish talabini kiritgan. Armaniston, shuningdek, mintaqadagi arman madaniy merosi obidalarini, jumladan, 1915 yilda Usmonli imperiyasida arman genotsidi qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorliklarni buzish yoki o‘zgartirishni taqiqlashni talab qilmoqda.
Da’voda Boku hujjat BMT sudiga topshirilgan kundan boshlab, bir oy ichida uni bajarish choralari to‘g‘risida hisobot berishi, so‘ngra ish bo‘yicha qaror qabul qilingunga qadar, har uch oyda sudni xabardor qilishi shartligi ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
10:44 / 14.12.2024
GFRda XDI/XSIning ikki a’zosi Ozarboyjonga pora evaziga yordam berganlikda ayblanmoqda
14:22 / 08.12.2024
Ozarboyjonda mushkul vaziyatda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
09:23 / 05.12.2024
Pashinyan: Armaniston KXShT bilan munosabatlarda hal qiluvchi nuqtadan o‘tdi
00:59 / 21.11.2024