BMT Qorabog‘da qolgan armanlar sonini ma’lum qildi
Qorabog‘dan armanlarning ommaviy migratsiyasi natijasida mintaqada 50 dan 1000 gacha etnik armanlar qolmoqda, deya xabar beradi BMT missiyasi «mintaqadagi suhbatdoshlar»ga tayanib.
BMT missiyasining 2 oktyabr kuni e’lon qilingan hisobotiga ko‘ra, Qorabog‘da Ozarboyjonning harbiy amaliyoti va tan olinmagan respublika aholisining ommaviy migratsiyasidan keyin 1000 dan ortiq etnik armanlar qolmoqda. «Jamoa suhbatdoshlaridan Qorabog‘ hududida 50 dan 1000 gacha etnik armanlar qolganini eshitdi», deyiladi hujjatda. BMTning Ozarboyjondagi doimiy koordinatori Vladanka Andreyeva boshchiligidagi missiya 1 oktyabr kuni Qorabog‘ga 30 yil ichida ilk bor tashrif buyurdi.
BMT xodimlari Agdamdan Xonkandigacha borgan. Qayd etilishicha, Xonkandining ular borgan qismlarida fuqarolik infratuzilmasi, jumladan, shifoxonalar, maktablar va turar joy binolari, madaniy va diniy obidalarga hech qanday zarar yetkazilmagani aniqlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiylariga otashkesimdan buyon tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida hech qanday xabar kelmadi.
3 oktyabr kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan mamlakatga Qorabog‘dan 100 625 etnik arman kirib kelganini ma’lum qildi. Mojaro boshlanishidan oldin respublika aholisi 120 ming kishiga baholangan edi.
Qorabog‘ sobiq rahbarlarining qo‘lga olinishi
Bokuning Qorabog‘da «konstitutsiyaviy tuzumni tiklash bo‘yicha» harbiy operatsiyasi 19 sentabrda boshlandi. Ertasi kuni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi va 28 sentabrda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi «prezidenti» Samvel Shahramanyan 2024 yil 1 yanvardan uning mavjudligini tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
3 oktyabr kuni Ozarboyjon Davlat xavfsizlik xizmati Qorabog‘ning ikkinchi «prezidenti» va «tashqi ishlar vaziri» Arkadiy Gukasyan, respublikaning uchinchi «prezidenti» Bako Saakyan va «milliy assambleya raisi» David Ishxanyanni qo‘lga oldi. Ozarboyjonning APA agentligiga ko‘ra, ular Bokuga olib ketilgan va «jinoiy harakatlari uchun»da sud qilinadi.
29 sentabr kuni Ozarboyjon xavfsizlik kuchlari Qorabog‘ning sobiq «armiya qo‘mondoni» Levon Mnatsakanyanni, ertasi kuni esa Qorabog‘ «prezidenti»ning sobiq yordamchisi David Babayanni ushladi. O‘sha kuni Ozarboyjon sudi respublika «sobiq davlat vaziri» Ruben Vardanyanni to‘rt oyga qamoqqa oldi.
Mavzuga oid
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
12:20 / 05.12.2024
“Isroil BMT bilan himoyalanib, genotsid uyushtirmoqda” - Francheska Albaneze
17:18 / 03.12.2024