O‘zbekiston | 20:24 / 09.10.2023
9532
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yo‘llarida 100 mingta nosoz avtotransport harakatda yurgani aytildi

Jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 3 milliondan oshdi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 3268480 ta avtotransport vositasi foydalanishda bo‘lib, shundan 796034 tasi (24 foiz) benzin, 71088 tasi (2 foiz) dizel va 2401348 tasi (74 foiz) gaz yoqilg‘isida harakatlanishga mo‘ljallangan.

Qayd qilinishicha, ayni paytda O‘zbekistonda harakatda bo‘lgan transport vositalarining 100 mingtasi nosoz hisoblanadi.

2023 yilgi «Toza havo» oyligi tadbiri davomida 300 ming transport vositasini nazoratdan o‘tkazish belgilangan.

Mavzuga oid