O‘zbekiston | 08:12 / 16.10.2023
14022
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan va Andijonda viloyat FVB boshlig‘i o‘zgardi

Namangan va Andijon viloyatlarida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliqlar tayinlandi.

Bunyod Egamnazarov va Botir Ashurov Foto: FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Bunyod Egamnazarov Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Bunyod Egamnazarov Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Botir Ashurov Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Botir Ashurov Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

 

 

Mavzuga oid