O‘zbekiston | 16:36 / 19.10.2023
10481
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon mudofaa vaziri Buxoroga keldi

19 oktyabr kuni Ozarboyjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Gasanov boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya Buxoroda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov tomonidan kutib olindi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, harbiylar dastlab Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi.

Delegatsiya vakillarini rasmiy kutib olish “Buxoro” poligonida o‘tkazildi. Vazirlar uchrashuvda ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan hamda munosabatlar yangi strategik sherikchilik bosqichiga ko‘tarilganini qayd etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida 2024 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mavzuga oid