To‘qayev Nazarboyevning tarixiy roliga baho berdi
Biz tarixiy adolatga qat’iy rioya qilishimiz kerak, dedi To‘qayev.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘z vatandoshlarini «tarixiy adolat»ga rioya qilishga va respublikaning sobiq rahbari Nursulton Nazarboyevning xizmatlarini unutmaslikka chaqirdi. Bu haqda Oqo‘rda xabar berdi.
«Biz tarixiy adolatga qat’iy rioya qilishimiz kerak. Shu bois mamlakatimizning mustaqil davlat sifatidagi poydevorini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan birinchi prezident Nursulton Abishevich Nazarboyevning tarixiy rolini alohida ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lardi», dedi u Respublika kuni munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimida.
«Bugun biz adolatli Qozog‘istonni qurmoqdamiz, shuning uchun o‘tmish arboblari, ularning mehnati va xizmatlari munosib va adolatli baholanishi kerak», dedi prezident.
2022 yil yanvar oyi voqealaridan keyin Qozog‘istonda Nazarboyev «merosi»dan qutulish harakatlari boshlanib ketdi. Jumladan, birinchi prezident va uning oila a’zolari ko‘plab maqom va imtiyozlardan mahrum etildi. Jarayon hali ham davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:30 / 13.12.2024
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev hayotiga oid ma’lumotlar maxfiylashtiriladi
21:59 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazo kuchaytiriladi
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
17:03 / 28.11.2024