Foto: Isroil zarbalaridan keyin G‘azoning sun’iy yo‘ldoshdan ko‘rinishi
Isroil armiyasi uch haftadan buyon G‘azo sektorini o‘qqa tutmoqda.
HAMAS harakati a’zolarining 7 oktyabr kungi hujumiga javoban Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektori bo‘ylab havo zarbalarini davom ettirmoqda. TsAHAL rasmiylari zarbalar nishoni HAMASga aloqador obektlar bo‘layotganini ta’kidlab kelmoqda. Xususan, Isroil armiyasi bergan xabarga ko‘ra, 26 oktyabrga o‘tar kechasi sektor hududidagi 250 dan ortiq nishonga zarba berilgan. HAMAS nazorati ostidagi G‘azo sektori ma’muriyati aviazarbalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 6500 dan ortiq ekanini ma’lum qilgan. Bu ma’lumotlarni mustaqil manbalardan tekshirish hozircha imkonsiz. Isroil tomoni HAMAS tinch aholidan «jonli qalqon» sifatida foydalanayotgani va odamlar G‘azo sektorining janubiy qismiga evakuatsiya bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotganini da’vo qilmoqda. Maxar Technologies kompaniyasi sektor bo‘ylab yo‘llangan zarbalar oqibatlari ko‘lamini aks ettiruvchi sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini taqdim etdi.
Beyt-Xanun
Al-Atatra
Al-Karama
Mavzuga oid
15:52 / 03.01.2025
Isroilning G‘azo markaziy qismiga aviazarbasida 13 kishi halok bo‘ldi
14:22 / 03.01.2025
Isroil armiyasi: 2023 yil 7 oktyabrdan beri 28 harbiy o‘z joniga qasd qildi
11:55 / 03.01.2025
Isroil Hamasning yana ikki amaldori o‘ldirilganini e’lon qildi
16:16 / 02.01.2025