O‘zbekiston | 08:50 / 01.11.2023
17577
1 daqiqa o‘qiladi

Sayxunobod tumaniga yangi hokim tayinlandi 

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Anvar Karimov Sayxunobod tumaniga rahbarlik qiladigan bo‘ldi.

Foto: Sirdaryo viloyati xokimligi

Sirdaryo viloyatida xalq deputatlari Sayxunobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. 

Farrux O‘ktamjonovich O‘ktamjonov boshqa ishga o‘tayotgani sababli o‘z lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Anvar Rasulovich Karimov nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Anvar Karimov 1977 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti - oliy. 1998 yilda Guliston Davlat universiteti hamda 2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasini tamomlagan.

Anvar Karimov 2023 yil yanvaridan iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2023 yil avgustida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Farrux O‘ktamjonov Sayxunobod tumaniga 2020 yil noyabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Mavzuga oid