Iqtisodiyot | 21:15 / 04.11.2023
18667
1 daqiqa o‘qiladi

IT Park rezidentlarining eksporti hajmi 3 barobarga ko‘paydi

Yanvar-sentabr oylarida IT Park rezidentlarining eksporti hajmi 239 mln dollarni tashkil etdi.

2023 yilning dastlabki 9 oyida IT Park rezidentlarining eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 3 baravar ko‘payib, 238,7 million dollarni tashkil etgan.

Asosiy eksport yo‘nalishlari Shimoliy Amerika (43 foiz), Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya (25 foiz), shuningdek, MENA mamlakatlari (4 foiz) bo‘lgan. 2022 yilning 9 oyi davomida eksportning 74 foizi AQShga to‘g‘ri kelgani hisobga olinsa, eksport yo‘nalishlarining diversifikatsiyasi qilinganini ko‘rish mumkin.

Eksportga yo‘naltirilgan rezident kompaniyalar soni ham sezilarli darajada oshib, 520 taga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,8 barobar ko‘p.

Shuningdek, rezident kompaniyalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi ham 8,5 trillion so‘mni (qariyb 700 million dollar) tashkil etgan.

Mavzuga oid