«IT Park» Tojikiston izlash tizimi uchun 10 mln dollar taklif qilgani aytildi
Google va Yandeks izlash tizimining tojikcha muqobili egasi uni O‘zbekistonga sotishni istamagan.
Asia-Plus xabariga ko‘ra, Tojikistonda ishlab chiqilgan Dodaho.tj izlash tizimi uchun O‘zbekiston «IT Park»i 10 million dollar taklif qilgan.
Google va Yandeks tizimlarining tojikcha muqobili MISiS universiteti Dushanbe filiali o‘qituvchisi Fayzullojon Safarov va do‘stlari tomonidan ishlab chiqilgan.
«O‘zini O‘zbekiston «IT Park» menejyeri deb tanishtirgan shaxs Dodaho.tj izlash tizimi nomini Dodaho.uz deb o‘zgartirishni taklif qildi, biz rozi bo‘lmadik va uni sotishdan bosh tortdik. Chunki bu milliy mahsulot va millat manfaati shaxsiy manfaatlardan ustun bo‘lishi kerak. Biz uni hech kimga sotmaymiz», dedi Fayzullojon Safarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dodaho.tj izlash tizimidan 1 millionga yaqin kishi foydalanadi. Dodaho resurslarida esa 35 ta tildagi 500 mingdan ortiq elektron kitoblar, ommaviy adabiyotlar va foydali ma’lumotlar bor.
O‘z navbatida tizim asoschisi innovatsion loyihalariga mahalliy investorlar va hukumat tomonidan qiziqish yo‘qligini aytdi.
«Muvaffaqiyatimizga ishonishmadi, Google va Yandeks bilan raqobatlashish murakkab ekanini aytishdi, ammo biz oldinga qarab boryapmiz. Loyiha asosan ota-onam, aka-ukalarim va ba’zi do‘stlarim tomonidan moliyalashtirilmoqda», deb qo‘shimcha qildi Safarov.
Fayzullojon Safarov do‘stlari bilan birga Dodaho milliy brauzerini ham ishlab chiqqan.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
16:34 / 17.11.2024