Jamiyat | 10:17 / 13.11.2023
17270
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida harakat tarkibi texnik nosozlik sabab to‘xtab qoldi

13 noyabr kuni soat 09:15 lar atrofida «O‘zbekiston» yo‘nalishining Alisher Navoiy bekatidan harakatlanishni boshlagan 40-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.

Foto: Videodan kadr

«Toshkent metropoliteni» DUK xabariga ko‘ra, hodisa natijasida ushbu harakat tarkibi tonnelning kirish qismida 15 daqiqa vaqt davomida to‘xtatilgan.

Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo‘nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligi maqsadida, harakat tarkibi ortdagi 39-sonli tarkib orqali tirkamaga olinib, tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

Mavzuga oid