O‘zbekiston | 11:39 / 30.11.2023
12423
1 daqiqa o‘qiladi

Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Shoyatbek Boboyev Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Boboyev 2022 yil oktyabridan tumanga hokimlik qilib kelgan Azizbek Latifjonovning (sobiq favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari) o‘rnini egalladi. Lavozimidan olingan Latifjonovning boshqa ishga o‘tgan-o‘tmaganligi haqida ma’lumot berilmagan

Shoyatbek Boboyev 1981 yilda Xonobod shahrida tug‘ilgan. 2011 yilda (sirtqi) Andijon qishloq xo‘jalik institutini, 2016 yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U «Uz-koje», «O‘zbekiston temiryo‘llari», «Toshkent mexanika zavodi» aksiyadorlik jamiyatlari, Xo‘jaobod tumani hokimligi va uchta vazirlikda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Hokim lavozimiga qadar u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining mashinasozlik (uskunasozlik) va elektrotexnika sanoati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Mavzuga oid