Jahon | 17:18 / 02.12.2023
11967
8 daqiqa o‘qiladi

Yaqin Sharqdagi bir haftalik sulh qanday o‘tdi - fotosuratlar

1 dekabrdan harbiy harakatlar qaytadan boshlanib ketdi.

24 noyabr kuni Isroil mudofaa armiyasi HAMAS harakati bilan G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha sulh tuzgandi. Kelishuv shartlariga ko‘ra hamaschilar to‘rt kun ichida 7 oktyabr kuni Isroilga reyd vaqtida qo‘lgan olinganlardan 50 nafarini ozod etishi, Isroil hukumati esa har bir ozod etilgan isroillik uchun uch nafar falastinlikni qamoqxonalardan chiqarishi ko‘zda tutilgandi. Almashuvda asosan ayollar, bolalar va o‘smirlar ishtirok etdi. Keyinroq kelishuv yana ikki kunga uzaytirildi. HAMAS garovdagilardan jami 70 nafar isroillikni qo‘yib yubordi, shuningdek, kelishuvdan tashqari yana bir qancha mamlakatlar fuqarolari ozod etildi, bu vaqtda Isroil qamoqxonalarini 210 nafar falastinlik tark etdi. 1 dekabr kuni Isroil mudofaa armiyasi HAMASni kelishuvni buzgan holda yana Isroil hududini o‘qqa tutganini ma’lum qilib, harbiy harakatlar qaytadan boshlanganini ma’lum qildi. Quyida bir hafta davom etgan sulh vaqtida frontning ikki tomonida olingan fotosuratlar.

Garovdagi isroilliklar ozod etilishi 

13 yoshli Gali Tarshanski garovdan qutqarilgach, otasi bilan harbiy vertolyotda uyga qaytmoqda. 2023 yil 30 noyabr
Isroil bosh vaziri matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
7 oktyabr kuni HAMAS hujumiga uchragan Kfar-Aza kibutsi aholisi garovdagilar ozod etilishi jarayonidan yangiliklarni kuzatmoqda. Surat 26 noyabr kuni Shfaim kibutsidagi boshpanada olingan.
Eyal Warshavsky / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
HAMAS va «Islom jihodi» guruhlari vakillari garovdagilarni Qizil Xoch tashkilotiga topshirmoqda, ular isroilliklarni G‘azo sektoridan Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat-o‘tkazish punkti olib chiqishgan. 2023 yil 28 noyabr
AFP / Scanpix / LETA
Falastinliklar G‘azo sektori janubidagi Rafah punktida isroillik ayolga hamrohlik qilmoqda, 2023 yil 28 noyabr
AFP / Scanpix / LETA
Garovdan ozod etilgan to‘qqiz yoshli Oxad Munder harbiy vertolyot bortida, 2023 yil 24 noyabr
TsAHAL / AP / Scanpix / LETA
Isroilliklar ozod etilgan garovdagilarni Petax-Tikva shifoxonasiga olib kelgan vertolyotni kutib olmoqda, 2023 yil 26 noyabr
Jini / Xinhua / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Garovdan ozod etilgan Mayya Shem onasi va akasi bilan Isroil harbiy-havo bazasida. 2023 yil 30 noyabr
GPO / AP / Scanpix / LETA
Birinchilardan bo‘lib garovdan ozod etilgan uch yoshli isroillik Yaxel Shoxam, 2023 yil 25 noyabr
Isroil bosh vaziri matbuot xizmati / AP / Scanpix / LETA
85 yoshli Yoxeved Lifshits, u oktyabr oyi oxirida qo‘yib yuborilgan to‘rt kishidan biri bo‘lgandi, Tel-Avivdagi mudofaa vazirligi binosi oldida o‘tkazilgan norozilik aksiyasida, 2023 yil 28 noyabr. Uning qo‘lidagi fotoda turmush o‘rtog‘i, 83 yoshli Oded Lifshitsa aks etgan, u hamon G‘azo sektorida qolmoqda.
Oren Ziv / AFP / Scanpix / LETA

G‘azo sektori sulh vaqtida

TsAHAL harbiy xizmatchilari G‘azo sektoridagi «Ash-Shifo» shifoxonasi hududidagi tunnel kirish joyida, 2023 yil 22 noyabr. Falastinliklar yer osti tunnellaridan qurollar kontrabandasida foydalanadi. Garovdagilar ham shunday joylarda saqlanayotgan bo‘lishi mumkin.
Ronen Zvulun / Reuters / Scanpix / LETA
GPO / AP / Scanpix / LETA
Isroillik harbiy xizmatchilar sulh vaqtida G‘azo sektori bilan chegara hududida shaxmat o‘ynamoqda, 2023 yil 28 noyabr
Gil Cohen-Magen / AFP / Scanpix / LETA
TsAHAL harbiylari sulh chog‘ida G‘azo sektori bilan chegara hududida tanklarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda, 2023 yil 28 noyabr. Foto: Gil Cohen-Magen / AFP / Scanpix / LETA
TsAHAL harbiysi G‘azoning janubiy chekkasidagi Zeytun tumani hududidagi pozitsiyada. U falastinliklar shahardan janubdagi nisbatan xavfsiz sanalgan hududlarga evakuatsiya bo‘layotgan Saloh ad-Din trassasini kuzatmoqda. 2023 yil 28 noyabr
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
G‘azodan Saloh ad-Din trassasi bo‘ylab sektor janubiga ketayotgan falastinliklar. 2023 yil 28 noyabr
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
G‘azodagi bombardimon qilingan Al-Zaviya bozori, 2023 yil 27 noyabr
Omar El-Qattaa / AFP / Scanpix / LETA
G‘azo sektori janubidagi Xon Yunis shahrida vayron qilingan masjid, 2023 yil 29 noyabr
Majdi Fathi / NurPhoto / Shutterstock / Vida Press
G‘azo o‘qqa tutilishi vaqtida shikastlangan «Al-Quds» shifoxonasining sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasviri. 2023 yil 26 noyabr
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA

Falastinlik mahbuslarning ozod etilishi

Ichida falastinlik mahbuslar bo‘lgan avtobuslar Iordan g‘arbiy sohilidagi Ofer harbiy qamoqxonasiga kelmoqda, 2023 yil 25 noyabr. Bu yerda Isroil maxsus xizmatlari ozod etilgan falastinliklarni Qizil Xoch tashkiloti xodimlariga topshirgan, keyin ular Falastin hududiga olib o‘tilgan.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Isroil harbiylari Ofer qamoqxonasidan yaqinlarini kutish uchun to‘plangan falastinliklarni tarqatmoqda, 2023 yil 26 noyabr
Issam Rimawi / Anadolu / ddp / Vida Press
Falastinliklar Isroil qamoxonasidan ozod etilganlarni olib kelgan Qizil Xoch avtobusini kutib olmoqda, 2023 yil 26 noyabr
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Ramallohda Isroil qamoqxonasidan chiqib kelgan falastinlik Rubu Assini olib ketayotgan yaqinlari, 2023 yil 28 noyabr
Kenzo Tribbouillard / AFP / Scanpix / LETA
Ramalloh aholisi falastinlik mahbuslar ozod etilishini nishonlamoqda, 2023 yil 26 noyabr
Kenzo Tribbouillard / AFP / Scanpix / LETA
Falastinlik sobiq mahbus Asil al-Titi Iordan g‘arbiy sohilidagi Nablus shahrida do‘stlari va yaqinlari qurshovida. Uning boshida Hamasning yashil rangli bog‘ichi.
Majdi Mohammed / AP / Scanpix / LETA
Isroil qamoqxonasida sakkiz yil o‘tkazgan Isra Jaabisning qarindoshlari uning Sharqiy Quddusdagi Jabel Mukaberga qaytishini kutmoqda, 2023 yil 26 noyabr
Ilia Yefimovich / dpa / Scanpix / LETA
Falastinliklar Ramallohda sobiq mahbuslarni qarshilamoqda, 2023 yil 29 noyabr
Ayman Nobani / dpa / Scanpix / LETA
Falastinlik sobiq mahbus Nashad Davabshe Isroil qamoqxonasidan chiqib kelgach, onasini quchmoqda. Quddus, 2023 yil 26 noyabr
Ilia Yefimovich / dpa / Scanpix / LETA
Falestinlik mahbuslar ozod etilishidan oldin G‘arbiy sohildagi qamoqxonaga lazer nurini yo‘naltirilmoqda. 2023 yil 30 noyabr
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid