O‘zbekiston | 15:51 / 03.12.2023
18338
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro xonguli bug‘usi yashaydigan joy – Zarafshon milliy tabiat bog‘i | Manzil

Buxoro xonguli bug‘usi – bu ajoyib jonivor Samarqand shahridan atigi 8 km uzoqlikda yashaydi desak ishonasizmi? “Manzil” bu gal yoshligimizda ko‘plab ertaklardagi ezgulik ramzi bo‘lgan bug‘ular yashovchi Zarafshon milliy tabiat bog‘iga sayohat qildi.

Zarafshon milliy tabiat bog‘i 1975 yilda qo‘riqxona sifatida tashkil etilgan. 2018 yildan boshlab milliy tabiat bog‘iga aylantirilgan. Umumiy maydoni – 2426 gektar.

Milliy bog‘ Zarafshon daryosi o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 47 kmga cho‘zilgan. Eniga esa 100 metrdan 1000-1400 metrli joygacha kengaygan, ya’ni eni juda tor holatda joylashgan.

Tarixiy shaharga yaqin joydagi bu unikal maskanga sayohat qilishni tavsiya qilib qolamiz. Ko‘rsatuvni ko‘rib o‘zingiz bunga amin bo‘lasiz.

Mavzuga oid